
Men haqimda

Assalomu alaykum! Men Og'abek Olimjonov — zamonaviy, tezkor va foydalanuvchilar uchun qulay veb-saytlar yaratishga qiziquvchi Junior Frontend dasturchiman. HTML, CSS, JavaScript va React.js yordamida responsive (moslashuvchan) interfeyslar yaratish hamda Figma dizaynlarini piksel-ideal ko'rinishda kodga o'tkazish bo'yicha amaliy tajribaga egaman. Har doim toza kod yozishga va ilg'or texnologiyalarni o'rganishga intilaman.
Asosiy Ko'nikmalar
- HTML5, CSS3, JavaScript
- React.js, Moslashuvchan Dizayn (Responsive)
- UI/UX Dizayn, Figma
Qiziqishlar
- Veb Dasturlash
- UI/UX Dizayn
- Musiqa tinglash 🎵
Mening Maqsadlarim
Professional dasturchi bo'lib yetishish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va kelajakda o'z IT kompaniyamga asos solish.
Mening ko'nikmalarim
Frontend Texnologiyalari
Dizayn Asboblari
Dasturlash Asboblari va Boshqalar
Mening Loyihalarim

DevCommons – Dasturchilar Platformasi
Dasturchilar va AI bilan ishlaydiganlar uchun kod parchalari, promtlar va agent konfiguratsiyalarini bir joyda saqlab, ulashadigan platforma. REST API, CLI va MCP orqali ham ulanish mumkin.
Mening rolim: Frontend, Supabase bazasi va autentifikatsiya, API, CLI

AgroVision AI Platformasi
Fermer o'simlik yoki kasallangan barg rasmini yuklaydi — platforma turini aniqlaydi, tashxis qo'yadi va o'zbek tilida davolash tavsiyasini beradi. Gemini Vision va men o'zim o'rgatgan EfficientNet-B3 modeli birga ishlaydi.
Mening rolim: Frontend, FastAPI backend, modelni o'rgatish

Faxr Mebel veb-sayti
Mebel fabrikasi uchun buyurtma asosida qilingan katalog sayti: kolleksiyalar, AR orqali mebelni xonada ko'rish, konsultatsiya band qilish va admin paneli. Uch tilda ishlaydi.
Mening rolim: Buyurtma ishi — butun frontend, Firebase, AR ko'rish